Asosiy mazmunga o'tish
NAZORA

Boshqaruv hisobi

Boshqaruv hisobi: rahbar uchun real foyda

Buxgalteriya balansi soliq uchun kerak, boshqaruv hisobi esa qaror qabul qilish uchun. NAZORA bir xil ma'lumotlardan rahbarga kerakli ko'rsatkichlarni beradi: korxona qancha topdi, pul qayerda, kim qancha qarz.

  • Foyda va kapital o'sishi
  • Reja va fakt solishtiruvi
  • Har summa manbagacha ochiladi
  • Telefonda ham

Boshqaruv hisobi nima va nega kerak

Boshqaruv hisobi — rahbar uchun yuritiladigan ichki hisob. U soliq hisobotidan farqli o'laroq savolga to'g'ridan-to'g'ri javob beradi: shu oy korxona qancha foyda qildi, qaysi mahsulot foydali, pul nimaga ketdi. NAZORA'da boshqaruv hisobi alohida kiritilmaydi — u buxgalteriya bilan bitta hujjatlardan shakllanadi.

Foyda hisoboti

  • Rejadagi (kitobiy) foyda — kalkulyatsiyalar bo'yicha
  • Haqiqiy foyda — fakt bo'yicha: kirim, sarf va xarajatlar
  • Kapital hisoboti — aylanma kapital (ombor, pul, debitorlar minus kreditorlar), asosiy vositalar va ustav kapitali, oyma-oy o'sish
  • Sof foyda — davr yakunidagi natija, Excel va PDF formatida

Har raqam manbagacha ochiladi

Hisobotdagi istalgan summa ustiga bosing — u qaysi hujjatlardan yig'ilgani jadvalda ochiladi: aylanma kapital ombor, bank, kassa va qarzlarga, xom ashyo sarfi mahsulotlarga, ish haqi qaydnomalarga. Raqamga ishonch shu yerdan boshlanadi.

Ikki kontur

Qonuniy kontur — NSBU bo'yicha provodkalar va rasmiy hisobotlar. Boshqaruv konturi — rahbar uchun ichki ko'rsatkichlar: tovar ustamasi (savdo narxi va tannarx farqi), boshqaruv foydasi va kapital. Ikkalasi bitta hujjatlardan olinadi.

Boshqaruv paneli va mobil ilova

Bosh ekranda — pul qoldig'i, ombor qiymati, debitor va kreditor qarzlari, oy foydasi. Android ilovada rahbar shu ko'rsatkichlarni istalgan joydan ko'radi, foyda hisobotini PDF qilib Telegram'da ulashadi; tugayotgan qoldiq va debitor qarzlari haqida bildirishnoma keladi.

Savol-javob

Boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobidan nimasi bilan farq qiladi?

Buxgalteriya hisobi qonun talab qilgan shakllarda soliq idorasi va tashqi foydalanuvchilar uchun yuritiladi. Boshqaruv hisobi — rahbar uchun: real foyda, kapital, mahsulot rentabelligi va pul oqimi. NAZORA ikkalasini bitta bazada yuritadi.

Boshqaruv hisobini alohida kiritish kerakmi?

Yo'q. Ko'rsatkichlar buxgalteriya bilan bir xil hujjatlardan avtomatik shakllanadi.

Bir nechta korxonani ko'rsa bo'ladimi?

Ha. Har korxona hisobi alohida; rahbar korxonalar o'rtasida bir tugma bilan almashadi.

7 kun bepul sinab ko'ring

Dasturni o'rnatib, korxonangiz misolida ko'rsatamiz. Karta talab qilinmaydi.