Asosiy mazmunga o'tish
NAZORA

Buxgalteriya

Buxgalteriya dasturi: provodkalar o'zi tuziladi

NAZORA'da buxgalteriya alohida, qo'lda yuritilmaydi — har bir sotuv, xarid, to'lov va ish haqi qaydnomasi saqlanganda NSBU 21-son schyotlar rejasi bo'yicha provodka avtomatik tuziladi. Buxgalter tekshiradi va tayyor hisobotni oladi.

  • NSBU 21-son schyotlar rejasi
  • Hujjatdan avtomatik provodka
  • Aylanma-saldo va schyot kartasi
  • 1-, 2- va 4-shakl hisobotlar

Hujjatdan provodkagacha

Buxgalteriya dasturining asosiy vazifasi — har bir xo'jalik operatsiyasini to'g'ri schyotlarga yozish. NAZORA'da operatsiya bir marta, hujjat sifatida kiritiladi: realizatsiya, xarid, bank yoki kassa to'lovi, ish haqi qaydnomasi, hisobdan chiqarish dalolatnomasi. Saqlash tugmasi bosilganda dastur provodkalarni o'zi tuzadi va hujjatga bog'laydi.

Hujjat tahrirlansa yoki bekor qilinsa, unga tegishli provodkalar ham avtomatik yangilanadi — jurnalda egasiz yozuvlar qolmaydi. Har bir hujjatlar ro'yxatida provodka ustuni bor: bosib, hujjat qaysi schyotlarga tushganini darhol ko'rasiz.

Hisobotlar: aylanma-saldodan balansgacha

Barcha hisobotlar bitta provodkalar jurnalidan shakllanadi, shuning uchun ular bir-biriga mos keladi:

  • Aylanma-saldo vedomosti (oborotka) — davr bo'yicha, schyot kartasigacha ochiladi
  • Provodkalar jurnali — sana, hujjat va schyot bo'yicha filtr
  • Buxgalteriya balansi (1-shakl) — teskari qoldiqlar NSBU bo'yicha qayta tasniflanadi
  • Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot (2-shakl)
  • Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot (4-shakl)
  • QQS registri va Dt-Kt solishtirma dalolatnomalar

Davrni yopish va qulf

Oy yopilgach, o'sha davrga hujjat kiritish yoki o'zgartirish bloklanadi — topshirilgan hisobot keyin o'z-o'zidan o'zgarib qolmaydi. Tuzatish kerak bo'lsa, ruxsati bor foydalanuvchi davrni qayta ochadi; barcha o'zgarishlar amaliyotlar tarixida qayd etiladi.

Ikki kontur: qonuniy va boshqaruv

Bitta bazada ikki xil hisob yuritiladi. Qonuniy konturda — NSBU bo'yicha rasmiy provodkalar va soliq hisobotlari. Boshqaruv konturida — rahbar uchun ustama, real foyda va kapital. Ma'lumot bir marta kiritiladi va ikki kontur bir-biriga zid kelmaydi.

Boshqa buxgalteriya bo'limlari

  • Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar — chiziqli amortizatsiya, hisobdan chiqarish
  • Kreditlar — to'lov grafigi, foiz haqiqiy kunlar bo'yicha (365/366)
  • Bank va kassa — 28 ta standart DDS moddasi bo'yicha provodka
  • Boshlang'ich qoldiqlar — har bir hisob bo'yicha o'z sanasi bilan
  • Birja orqali xarid va sotuv — avans, garov va komissiya hisobi

NAZORA tuzadigan provodkalar

Asosiy operatsiyalar bo'yicha NAZORA tuzadigan provodkalar (NSBU 21)
OperatsiyaDtKtIzoh
Mahsulot sotildi — daromad40109010Tovar sotilsa — 9020
Sotuvdagi QQS40106411QQS stavkasi bo'yicha
Sotilgan mahsulot tannarxi91102810O'rtacha tortilgan narxda
Xarid: tovar omborga kirdi29106010QQSsiz summa
Xariddagi QQS44106010Kirim QQS
Ish haqi hisoblandi94206710Har xodim kesimida
JShDS ushlandi67106410Stavka sozlamada (12%)
Ijtimoiy soliq94206520Stavka sozlamada (12%)

Savol-javob

Buxgalteriya dasturi sifatida NAZORA nimani avtomatlashtiradi?

Provodkalarni tuzishni, ombor qoldig'i va tannarxni, QQS va ish haqi soliqlarini hisoblashni, aylanma-saldo vedomosti va moliyaviy hisobotlarni shakllantirishni. Buxgalter hujjatlarni kiritadi va natijani tekshiradi.

Schyotlar rejasini o'zgartirsa bo'ladimi?

Asos — NSBU 21-son schyotlar rejasi. Analitika (kontragent, xodim, hisob kesimi) avtomatik yuritiladi; xarajat va DDS moddalarini o'zingiz qo'shishingiz mumkin.

Balans va 2-shaklni Excel'ga chiqarsa bo'ladimi?

Ha. Rasmiy 1- va 2-shakl soliq idorasi shabloniga mos ko'p listli Excel faylga eksport qilinadi; boshqa hisobotlar Excel va PDF formatida saqlanadi yoki chop etiladi.

Bir nechta korxona hisobini yuritsa bo'ladimi?

Ha. Foydalanuvchi korxonalar o'rtasida bir tugma bilan almashadi, har korxona hisobi alohida. Biznes tarifida 3 tagacha korxona.

7 kun bepul sinab ko'ring

Dasturni o'rnatib, korxonangiz misolida ko'rsatamiz. Karta talab qilinmaydi.