Asosiy mazmunga o'tish
NAZORA

Savdo va kassa

Savdo va kassa: sotuvdan pul tushumigacha

Ulgurji realizatsiya, do'kondagi chakana savdo va telefondagi mobil kassa — barchasi bitta bazada. Har sotuv omborni kamaytiradi, xaridor qarzini ochadi va provodkani tuzadi; to'lov kelganda qarz o'zi yopiladi.

  • Realizatsiya va hisob-faktura
  • Mobil kassa va chek printer
  • Bank va kassa, DDS moddalari
  • Dt-Kt qarzlar va dalolatnoma

Realizatsiya (ulgurji savdo)

Hisob-faktura shaklida xaridor, shartnoma, mahsulotlar, narx, QQS va aksiz kiritiladi. Hujjatni qoralama sifatida saqlash mumkin — qoralama qoldiq va provodkaga ta'sir qilmaydi, tasdiqlanganda faollashadi. Hisob-faktura va yuk xati (TTN) chop etiladi yoki DiDox orqali yuboriladi.

Chakana savdo va mobil kassa

Do'kon uchun — naqd va terminal orqali savdo hujjatlari, soliq kassasidan kunlik savdo jadvalini fayl orqali yuklash. Android ilovadagi «Korzinka» — katalog, bir nechta parallel savat, naqd, plastik va Click to'lovlari, 80 mm chek printer (USB yoki tarmoq) va muddatli qarzga sotish.

Bank va kassa

Kassa, bank hisoblari va kartalar bo'yicha kirim-chiqim. Har to'lov DDS moddasi bilan belgilanadi (28 ta standart modda) va provodka avtomatik tuziladi. Bank ko'chirmasi 1C formatidagi txt yoki Excel fayldan import qilinadi — qoidalar to'lovchi va moddani o'zi aniqlaydi. Hisobda mablag' yetmasa, chiqim bloklanadi.

Dt-Kt qarzlar va solishtirma dalolatnoma

Debitor va kreditor qarzlari istalgan sana holatiga ko'rinadi. O'zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi rasmiy shaklda bir klikda tayyorlanadi: boshlang'ich saldo, davr aylanmalari va har qatorning manba hujjati bilan. To'lov eslatmalari va qarzdorliklar ro'yxati ham shu yerda.

Mijozlar va savdo kanallari

  • Mijozlar bazasi (CRM): xarid tarixi, qarz muddati, toifa va ball
  • Komissiya savdosi — dilerga tovar berish va sotuv hisobotlari
  • Telegram savdo boti — xaridorlar buyurtmasi mobil kassaga tushadi
  • Shartnomalar — summa limiti va avtomatik yopilish

NAZORA tuzadigan provodkalar

Savdo va to'lov provodkalari
OperatsiyaDtKtIzoh
Tovar sotildi40109020QQSsiz summa
Sotuvdagi QQS40106411Hisob-faktura bo'yicha
Sotilgan tovar tannarxi91102910O'rtacha narxda
Xaridordan bankka to'lov51104010DDS moddasi bo'yicha
Kassaga naqd tushum50104010Kassa kirim orderi
Dilerga komissiyaga jo'natish29202910Mulk korxonada qoladi

Savol-javob

Qarzga sotsa bo'ladimi?

Ha. Qisman to'langan sotuv xaridor qarzi bo'lib qoladi. Mobil kassada qarzga sotishda to'lov muddati va telefon raqami so'raladi, qarzdorliklar alohida ro'yxatda ko'rinadi.

Bank ko'chirmasini avtomatik yuklasa bo'ladimi?

Ha. 1C formatidagi txt yoki Excel ko'chirma yuklanadi; tizim to'lovchini STIR bo'yicha topadi va DDS moddasini qoidalar asosida tanlaydi, siz tasdiqlaysiz.

Qaysi chek printerlar ishlaydi?

80 mm termal printerlar — USB orqali yoki tarmoq orqali (ESC/POS, 9100-port). Chek Android ilovadan chop etiladi.

Click va terminal to'lovlari qanday hisoblanadi?

To'lov turi tanlanadi: naqd pul kassaga, plastik va Click tegishli hisobga tushadi, provodka avtomatik tuziladi.

7 kun bepul sinab ko'ring

Dasturni o'rnatib, korxonangiz misolida ko'rsatamiz. Karta talab qilinmaydi.