Soliq rejimi
Korxona sozlamasida soliq rejimi belgilanadi: QQS to'lovchi yoki aylanmadan olinadigan soliq to'lovchi (soddalashtirilgan). Rejimga qarab hujjatlar va hisobotlar moslashadi — masalan, soddalashtirilgan rejimda aylanma solig'i stavkasi bo'yicha majburiyat hisoblanadi.
Sotuvda va xaridda QQS
Realizatsiyada QQS har qator bo'yicha hisoblanadi va 6411 schyotiga majburiyat sifatida tushadi. Xaridda yetkazib beruvchi QQSi 4410 schyotida hisobga olinadi. Asosiy vositalar kirimida QQSni hisobga olish yoki tannarxga qo'shish tanlanadi. Natija davr bo'yicha QQS registrida ko'rinadi.
Aksiz solig'i
Aksiz to'lanadigan mahsulotlar uchun realizatsiyada aksiz stavkasi qator bo'yicha kiritiladi: aksiz summasi daromaddan ajratiladi va 6412 schyotiga majburiyat bo'lib tushadi, to'lov esa uni yopadi.
Elektron hujjatlar (DiDox)
NAZORA DiDox elektron hujjat aylanishi operatori bilan integratsiyalashgan. E-imzo bilan dasturdan chiqmasdan yuboriladi:
- Elektron hisob-faktura (ESF) — realizatsiya hujjatidan
- Yuk xati (TTN) — transport ma'lumotlari bilan
- Ishonchnoma — mahsulotlar va MXIK kodlari bilan
- Erkin shakldagi hujjat — istalgan PDF kontragentga
- Kelgan va yuborilgan hujjatlar ro'yxati
Kontragent rekvizitlari
Kontragent kartochkasida STIR (9 raqam) yoki JShShIR (14 raqam), bank hisob raqami (20 raqam) va MFO (5 raqam) tekshiriladi — xato rekvizit kartochkaga saqlanmaydi.
NAZORA tuzadigan provodkalar
| Operatsiya | Dt | Kt | Izoh |
|---|---|---|---|
| Sotuvdagi QQS | 4010 | 6411 | Hisob-faktura bo'yicha |
| Xariddagi QQS | 4410 | 6010 | Kirim QQS |
| Aksiz hisoblandi | 4010 | 6412 | Sotuv tarkibida |
| Aksiz byudjetga to'landi | 6412 | 5110 | DDS moddasi bo'yicha |
Savol-javob
QQS stavkasi qancha?
Hozirgi umumiy stavka — 12%. NAZORA QQSni har qator bo'yicha hisoblaydi va hujjatda QQSsiz summa, QQS va jami alohida ko'rsatiladi.
Elektron hisob-faktura yuborish uchun nima kerak?
DiDox hisobi va tashkilotning E-imzo kaliti. Mahsulot qatorlarida MXIK kodi va o'lchov birligi to'ldirilgan bo'lishi kerak — bu soliq tizimining talabi.
Aylanmadan olinadigan soliq to'lovchilar uchun mosmi?
Ha. Soddalashtirilgan rejimda QQS hisoblanmaydi, aylanma solig'i stavkasi bo'yicha majburiyat yuritiladi.