Asosiy mazmunga o'tish
NAZORA

Ish haqi

Ish haqi hisoblash: tabeldan to'lovgacha

Xodim kartochkasi, tabel va qaydnoma — NAZORA ish haqini hisoblaydi, JShDS va ijtimoiy soliqni ajratadi, ushlanmalarni hisobga oladi va provodkani tuzadi. Bank yoki kassadan to'lov qilinganda xodim oldidagi qarz o'zi yopiladi.

  • Tabel va qaydnoma
  • JShDS va ijtimoiy soliq avtomatik
  • Bo'nak, aliment, ushlanmalar
  • JShDS formasi Excel'da

Xodimlar va tabel

Har xodim uchun kartochka: tabel raqami, F.I.Sh., JShShIR (14 raqam), lavozim, bo'lim va ish stavkasi. Tabel oy bo'yicha yuritiladi va tasdiqlangach qulflanadi. Davomat tizimidan tabel va xodimlar ro'yxatini import qilish mumkin.

Qaydnoma (vedomost)

Qaydnomada har xodimning hisoblangan summasi, ushlanmalar va to'lanadigan qoldiq ko'rinadi. Oldingi oy qoldig'i avtomatik ko'chiriladi, bo'nak (avans) to'lovlari hisobga olinadi. Ta'til, nafaqa va xizmat safari to'lovlari ham alohida hujjat sifatida kiritiladi.

Soliqlar qanday hisoblanadi

Standart stavkalar korxona sozlamasida belgilanadi va qonun o'zgarsa yangilanadi:

  • JShDS — 12%, xodimning hisoblangan ish haqidan ushlanadi
  • INPS (shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya badali) — 0,1%, JShDS ichida alohida majburiyat sifatida
  • Ijtimoiy soliq — 12%, ish beruvchi xarajati
  • Aliment (ijro varag'i) va boshqa ushlanmalar — oluvchiga majburiyat sifatida

Ish haqi hisobotlari

  • Soliq idorasi uchun JShDS formasi (4-ilova) — har xodim kesimida, ikki listli Excel
  • Qaydnoma va hisob varaqlari — chop etish, PDF va Excel
  • Xodim kartochkasi — oylar bo'yicha hisoblangan, ushlangan va to'langan summalar

NAZORA tuzadigan provodkalar

Ish haqi provodkalari
OperatsiyaDtKtIzoh
Ish haqi hisoblandi94206710Har xodim kesimida
JShDS — byudjetga6710641012% dan INPS ayirilgan qism
INPS badali671065200,1% (JShDS ichida)
Ijtimoiy soliq94206520Ish beruvchi hisobidan, 12%
Aliment ushlanmasi67106990Oluvchiga majburiyat
Ish haqi to'landi67105110Bank yoki kassa (5010)

Savol-javob

JShDS stavkasini o'zgartirsa bo'ladimi?

Ha. JShDS, INPS va ijtimoiy soliq stavkalari korxona sozlamalarida belgilanadi; yangi stavka keyingi qaydnomalarga qo'llanadi.

Xodim qo'liga qancha tegadi?

Standart stavkada — hisoblangan summaning 88% (12% JShDS ushlangandan keyin). Aliment yoki boshqa ushlanma bo'lsa, ular ham ayiriladi.

JShDS formasini qanday tayyorlayman?

NAZORA rasmiy shablon bo'yicha ikki listli Excel faylni har xodim kesimida tayyorlaydi va JShShIR kiritilmagan xodimlar haqida ogohlantiradi.

Bo'nak (avans) qanday hisobga olinadi?

Bo'nak bank yoki kassa orqali to'lanadi va oy oxiridagi qaydnomada to'lanadigan summadan ayiriladi.

7 kun bepul sinab ko'ring

Dasturni o'rnatib, korxonangiz misolida ko'rsatamiz. Karta talab qilinmaydi.