Kalkulyatsiya
Kalkulyatsiyada mahsulot birligiga xom ashyo va materiallar sarfi, qo'shimcha xarajatlar va renta foizi kiritiladi. Dastur rejadagi tannarx va sotish narxini hisoblaydi (narx = tannarx + renta). Kalkulyatsiya nusxasidan yangi variant yaratish mumkin; ishlab chiqarishda oxirgi faol kalkulyatsiya ishlatiladi.
Ishlab chiqarish hujjati
Tayyor mahsulot va miqdor tanlanganda komponentlar kalkulyatsiyadan o'zi to'ladi. Saqlashda xom ashyo o'rtacha tannarxda ombordan chiqariladi, tayyor mahsulot haqiqiy tannarx bilan kirim qilinadi. Hujjat o'zgartirilsa yoki o'chirilsa, qoldiqlar avtomatik tiklanadi. Sex boshlig'i ishlab chiqarishni Telegram bot orqali ham kiritishi mumkin.
Tolling va xom ashyo sotish
Xom ashyoni boshqa korxonada qayta ishlatish (tolling) xaridda alohida kirim turi sifatida hisobga olinadi — qayta ishlash xizmati va uning QQSi tayyor mahsulot tannarxiga to'g'ri taqsimlanadi. Ortiqcha xom ashyoni sotish esa boshqa operatsion faoliyat sifatida (9390/9210) yuritiladi va asosiy faoliyat foydasini buzmaydi.
Rejadagi va haqiqiy foyda
Boshqaruv hisobotida ikki ko'rsatkich solishtiriladi: rejadagi (kitobiy) foyda kalkulyatsiyalardan, haqiqiy foyda esa fakt bo'yicha — tayyor mahsulot kirimi minus xom ashyo sarfi minus ishlab chiqarish xarajatlari (ish haqi, soliqlar, kommunal va boshqalar). Har bir summa ustiga bosib, u qaysi hujjatlardan yig'ilganini ko'rasiz.
NAZORA tuzadigan provodkalar
| Operatsiya | Dt | Kt | Izoh |
|---|---|---|---|
| Xom ashyo sarfi | 2010 | 1010 | O'rtacha tannarxda |
| Materiallar sarfi | 2010 | 1090 | O'rtacha tannarxda |
| Qo'shimcha xarajat | 2010 | 6990 | Kalkulyatsiyadagi qatorlar |
| Tayyor mahsulot kirimi | 2810 | 2010 | Haqiqiy tannarx |
| Yarim tayyor mahsulot kirimi | 2110 | 2010 | Haqiqiy tannarx |
Savol-javob
Bir mahsulotning bir nechta kalkulyatsiyasi bo'lishi mumkinmi?
Ha. Kalkulyatsiyani nusxalab yangi variant tuzasiz; nusxa nofaol qoralama bo'lib yaratiladi va faollashtirilgandan keyin ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Tannarx rejadagi yoki haqiqiy narxda hisoblanadimi?
Ishlab chiqarish hujjatida xom ashyo ombordagi haqiqiy o'rtacha narxda chiqariladi; kalkulyatsiya esa reja va sotish narxini belgilash uchun ishlatiladi.
Yarim tayyor mahsulot hisobi bormi?
Ha. Yarim tayyor mahsulot alohida toifada (2110) yuritiladi va ishlab chiqarishdan kirim qilinadi.